Tashkent, June 16 -- O'zbekiston elchixonasida Britaniyaning "Think Equal" tashkiloti asoschisi va direktori Lesli Udvin bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv avvalida Lesli Udvin "Think Equal" tashkilotining faoliyati va ta'lim dasturlari to'g'risida batafsil so'zlab berdi. Uning aytishicha, dasturlar bolalarda empatiya va hissiy savodxonlik, o'z-o'zini boshqarish, tanqidiy fikrlash va muammolarni oqilona hal etish, kelishmovchiliklarni tinch yo'l bilan hal qilish va boshqa muhim qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan.

O'quv dasturlar 30 haftalik bo'lib, har haftada 3 marta 30 daqiqalik darslarni o'z ichiga oladi. Darslar maxsus illyustratsiyalangan kitoblar, qo'llanmalar va o'yinlar orqali o'tkaziladi.

Muzokara yakunida "Think ...