Tashkent, June 11 -- Buyuk Britaniya Isroil moliya vaziri Betsalel Smotrich va milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Cheklovlar ushbu amaldorlarning O'rdun daryosining G'arbiy sohilidagi Falastin jamoalariga nisbatan takroriy zo'ravonlikka undovchi harakatlariga javoban qabul qilindi.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va Norvegiya bunday amalyotlariga qarshi zudlik bilan chora ko'rishga chaqirgan.

Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar Britaniya hukumatining ushbu qarorini g'azabni qo'zg'atadigan deb atadi. U kelasi hafta bosh vazir Binyamin Netanyahu bilan uchrashib, Isroilning javobini muhokama qilishini bildirdi.

2024 yil iyulda BMT Xalqaro sudi Isroilni G'azo...