Tashkent, May 1 -- "O'zsanoatqurilishbank" ATB AQSH Qishloq xo'jaligi vazirligining (USDA) GSM-102 dasturiga a'zo bo'ldi hamda savdoni moliyalashtirish kredit liniyalarini jalb qilish yuzasidan kafolatlar taqdim etish bo'yicha hamkorlik o'rnatdi.

Ushbu dastur doirasida AQSHning eksportini qo'llab-quvvatlash maqsadida turli xomashyolar, xususan oziq-ovqat, efir moyi, kimyoviy moddalar, ipak, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa turli tayyor mahsulot va xomashyo importini moliyalashtirish uchun AQSH banklariga kafolatlar taqdim etiladi. Ushbu kafolatlar ostida loyihalar AQSH moliya institutlari tomonidan qulay shartlarda moliyalashtiriladi.

Amalda mazkur dasturga dunyo bo'ylab 30 ga yaqin banklar a'zo bo'lib, Markaziy Osiyo davlatlaridan...