Tashkent, May 26 -- AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainaga yetkaziladigan qurol-yarog'ning zarba berish masofasiga qo'yilgan cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda Germaniya kansleri Fridrix Mers WDR kanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Kansler so'zlariga ko'ra, endi Ukrainani shunday qurollar bilan ta'minlash zarur.

13 aprel kuni Fridrix Mers Yevropa hamkorlari bilan kelishilgan holda uzoq masofaga zarba beruvchi Taurus raketalarini Kiyevga yetkazish imkoniyatini e'lon qildi. Yevropa rasmiylari bu masalani 9 may kuni Kiyevda 30 ta davlatdan kelgan ko'ngillilar koalitsiyasi yetakchilari yig'ilishida muhokama qilishi kutilgandi. 17 aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya huku...