Uzbekistan, Oct. 6 -- Isroil harbiy-havo kuchlari halok bo'lgan "Hizbulloh" bosh kotibining vorisi Hoshim Safieddinni o'ldirgani haqida xabar berdi, deb yozadi Livan xavfsizlik xizmatidagi manbalarga tayanib Al-Arabiya nashri.

Qayd etilishicha, Bayrutning janubiy chekkasida uyushtirilgan hujum 4-oktyabrga o'tar kechasi Isroil tomonidan amalga oshirilgan.

Telekanalga ko'ra, havo hujumidan keyin Safieddin bilan aloqa uzilgan. Uning bir qancha yordamchilari va "Hizbulloh" dala qo'mondonlari u bilan birga halok bo'lgan. Livan harakatining o'zi ushbu ma'lumotni hozircha tasdiqlamagan.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....