Tashkent, May 24 -- S&P Global Ratings xalqaro agentligi O'zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini "barqaror" darajadan "ijobiy" darajaga yaxshiladi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva ma'lum qildi.

Prezident yordamchisi bunday baho jahon moliya hamjamiyatining O'zbekistonda prezident rahbarligida olib borilayotgan islohotlarga bo'lgan ishonchi ortib borayotganidan dalolat berishi hamda tanlangan yo'l to'g'riligini ko'rsatishini ta'kidladi.

"Davlatimiz rahbarining sa'y-harakatlari tufayli mamlakatimiz xorijiy investorlar uchun yanada jozibador bo'ldi, bu esa iqtisodiy o'sishga xizmat qilmoqda va fuqarolar hayot sifati yaxshilanishiga bevosita ta'sir ko'rsatmoqda.

Mamlakatimizning suveren kredit reytingini oshirish bo'yicha ishchi guru...