Tashkent, May 16 -- Saida Mirziyoyeva bugun AQSHning Yuta shtati Senati a'zolari va biznes doiralari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o'tkazdi.

Prezident yordamchisining ta'kidlashicha, uchrashuvda ta'lim, biznesni rivojlantirish, ayniqsa, ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash hamda texnologiyalar borasida hamkorlikni kengaytirish bo'yicha aniq amaliy qadamlar muhokama qilingan.

Silicon Slopes texnologiyalar hududi hamda Yuta shtati universitetlari bilan aloqalar o'rnatishga katta qiziqish bildirildi. Shuningdek, O'zbekiston eksportchilari va Solt-Leyk-Siti shahridagi Jahon savdo markazi o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yishni taklif qilingan.

Published by HT Digital Content Services with permission from UzReport....